Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron AQSh bilan uchrashuv borasida Rossiya va Xitoy bilan maslahatlashadi
Eron rasmiylari Yevropa ittifoqining AQSh ishtirokida yadroviy kelishuv bo‘yicha norasmiy uchrashuv o‘tkazish taklifini o‘rganmoqda, dedi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abbos Araqchi. Uning so‘zlari IRNA axborot agentligi tomonidan keltirilgan.
“Biz hozirda taklifni ko‘rib chiqmoqdamiz hamda Xitoy va Rossiya kabi do‘stlar va sheriklar bilan maslahatlashmoqdamiz”, deb aytgan Araqchi.
Avvalroq AQSh Eron bilan qo‘shimcha shartlarsiz muzokara o‘tkazishga tayyorligini e'lon qilgandi.
2015 yilda Rossiya, AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy va Germaniya Eron rasmiylari bilan yadroviy dasturni muzlatish evaziga sanksiyalarni bekor qilish to‘g‘risida bitim imzolagandi. 2018 yil may oyida AQShning o‘shandagi prezidenti Donald Tramp AQSh bitimdan chiqib ketishini e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025