Fan-texnika | 11:16 / 21.02.2021
13750
3 daqiqa o‘qiladi

Parij aeroportlarda vodorod davrini boshlab bermoqda

Airbus va Air France-KLM kompaniyalarining tanlovi boshlandi. G‘olib 2035 yilga qadar vodorod dvigatelli samolyotlarga xizmat ko‘rsatish uchun Parij aeroportlarini qayta jihozlaydi.

Kelajakka nazar

Airbus va Air France-KLM kompaniyalari va ADP aeroportlar guruhi Parij aeroportlarida «vodorod tugunlari» deb atalmish loyihalarni amalga oshirishga kirishdi. Choose Paris Region agentligi ko‘magi bilan xalqaro tanlov e'lon qilindi. Tanlov vodorodda uchuvchi kelajak samolyotlarini to‘ldirish uchun aeroport ekotizimini yaratishga qaratilgan.

Airbus kelajak barqaror aviatsiyasining ko‘rinishini amalga oshirish va ifloslanishsiz parvozlarni tijoriy yo‘lga qo‘yish uchun qat'iy qarorga kelgan.

«Vodorodli dvigatellar kelajagi eng porloq texnologiyalardan biri. Bu maqsadlarimizga erishishda yordam beradi, biroq buni yakka o‘zimiz uddalay olmaymiz. Bu inqilob ham bizning nazorat qiluvchi va butun dunyodagi infratuzilmaviy ekotizimlar o‘zgarishini talab qiladi. Aeroportlar bugundanoq bunday o‘zgarishning ta'minlanishida muhim rol o‘ynashlari shart va biz ochiq innovatsiyalar tashabbusi ijodiy loyihalar va yechimlarga turtki bo‘lishiga umid qilamiz», deya bayonot bergan Airbus’ning texnik masalalar bo‘yicha vitse-prezidenti Jan-Bris Dyumon.

O‘zi nimalar bo‘lyapti va biz qachon vodorodda ucha olamiz? Aslida bu kabi jiddiy infratuzilmaviy o‘zgarishlar keyingi 5-10 yil ichida sodir bo‘lmaydi. Parij aeroportlarining qayta jihozlanishi Airbus va Air France KLM’ning vodorodli dvigatellarga o‘tishga bo‘lgan strategik maqsadlarini aniq bayon qiladi.

2020 yilda Airbus kompaniyasi ZeroE loyihasi doirasida konsepsiyasi ishlab chiqilayotgan uch ekologik samolyotni namoyish qildi. 2035 yilga borib esa, vodorod dvigatelli kichik fyuzelajli avialayner ishlab chiqiladi.

Rasman vodorodda uchuvchi ilk samolyotning tijoriy parvozi bo‘lib o‘tgan. O‘tgan yilning sentyabrida vodorod yoqilg‘isi bilan uchuvchi M-klassdagi Piper samolyoti Buyuk Britaniya uzra 20 daqiqa uchib o‘tgandi. Bu voqea yangi dunyo rekordi emas, biroq vodorod texnologiyalarini ishlab chiqishda muhim qadam bo‘lgan. Vodorodda uchuvchi samolyotning ilk muvaffaqiyatli parvozi 2016 yili Germaniyaning Shtutgart shahrida bo‘lgan. Sinovlarga mo‘ljallangan HY4 samolyotining namunasi Germaniya aerokosmik markazida yaratilgan va tijoriy parvozlarga da'vo qilmagandi.

Vodorodli transportlar tuguni

Tanlov shartlariga muvofiq, aeroportlar o‘rtasida suyuq va gazsimon vodorodni saqlash, tashish va taqsimlash vositalari tashkil qilinadi. Suyuq vodorodni quyish jarayonida tarqab ketgan gazsimon vodorodni to‘plash va karbonsizlangan vodorodni ishlab chiqarish jarayonida keraksiz qismni ajratib olish maqsadida yopiq aylanani tashkil qilish majburiydir.

Ideal Parijning barcha aeroportlarida temir yo‘l va quvvat bilan ta'minlashgacha qayta tiklanuvchi energiya asosida ekologik toza yerusti transport vositalaridan foydalanish nazarda tutilgan.

Mavzuga oid