AQSh ma'muriyati JSST va XXRni COVID-19 paydo bo‘lishining sabablarini faol tekshirishga chaqirdi
AQSh milliy xavfsizlik bo‘yicha prezident yordamchisi Jyeyk Sallivanning ma'lum qilishicha, Oq uy Xitoyni koronavirus kelib chiqishi sabablarini o‘rganish borasida yetarli darajada ochiq emas deb hisoblaydi. Bu haqda CBS axborot agentligi xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, AQSh JSST hamda Xitoyni ushbu masalada faolroq bo‘lishga chaqirmoqda.
"Bizning Xitoyga savollarimiz bor, sababi pandemiyaning Xitoyda va keyin butun dunyoga qanday tarqala boshlagani to‘g‘risida Xitoy yetarli ma'lumot berganiga ishonmaymiz", dedi Sallivan.
Shuningdek, u JSST koronavirus infeksiyasining aslida qayerdan kelib chiqqanligini aniqlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirishi kerakligi haqida fikr bildirdi.
AQSh prezidentining yordamchisi dunyoga "ishonchli, ochiq, oshkora xalqaro tergov" kerakligini ta'kidladi.
Avvalroq JSST COVID-19’ni Xitoyga chetdan olib kirish versiyasi ehtimoldan yiroqligini aytgandi.
2019 yil 31 dekabrda Xitoy hukumati Uhan shahrida pnevmoniya tarqalayotganini e'lon qildi. Kasallikning qo‘zg‘atuvchisi koronavirusning yangi turi bo‘lib, unga COVID-19 rasmiy nomi berilgan. 11 mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) yangi koronavirusning tarqalishini pandemiya deb e'lon qildi.
Mavzuga oid
19:14
Xitoy ikkita sun’iy yo‘ldoshini muvaffaqiyatli uchirdi
22:52 / 24.11.2024
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
16:48 / 24.11.2024
Xitoylik hakerlar AQShdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
02:02 / 24.11.2024