Jahon | 17:01 / 22.02.2021
4537
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning bosh infeksionisti 2022 yilda ham tibbiy niqob taqishga to‘g‘ri kelishi mumkinligini aytdi

Ekspertning fikricha, mamlakatda kasallik avj olishi holatlari ancha muddat saqlanib qolishi mumkin.

Foto: AP Photo/Alex Brandon

AQSh hukumatining yuqumli kasalliklar bo‘yicha bosh eksperti doktor Entoni Fauchi amerikaliklar 2022 yilda ham tibbiy niqob taqishlariga to‘g‘ri kelishi mumkinligini aytdi, deb xabar bermoqda Reuters.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh aholisi kelgusi yil ham tibbiy niqob taqishga ko‘nikishlariga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Ekspertning fikricha, mamlakatda kasallik avj olishi holatlari ancha muddat saqlanib qolishi mumkin. Vaziyatni o‘nglashga ommaviy emlash yordam beradi. Fauchi keng miqyosdagi emlash kampaniyasi boshlanganidan keyingina sanitar cheklovlarni olib tashlashga kirishish mumkin deb hisoblamoqda.

 "Tibbiy niqoblardan foydalanish virusning tarqalish sur'atiga qarab 2022 yilda ham saqlanib qolishi mumkin", - dedi Fauchi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 28,7 milliondan oshgan, 511,1 mingdan ortiq kishi kasallikdan vafot etgan.

Mavzuga oid