Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya bosh vaziri mamlakatda karantin cheklovlari 8 martdan bekor qilinishini e'lon qildi
Buyuk Britaniyada koronavirus pandemiyasining yangi to‘lqini tufayli qo‘llangan cheklov choralarining bekor qilinishi 8 mart kuni maktablarning ochilishi bilan boshlanadi. Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson dushanba kuni parlamentdagi nutqida ma'lum qildi.

Foto: EPA-EFE/ANDY RAIN
“Ikki haftadan so‘ng, barcha maktablar va boshqa ta'lim muassasalarida o‘quvchilar va talabalar bexavotir yuzma-yuz ta'lim tarziga qaytishlari mumkin”, - dedi bosh vazir. Hukumat rahbarining ta'kidlashicha, odamlar zarur ehtiyoj bo‘lmasa uylarini tark etmaslik talablari 29 martga qadar davom etadi.
Ushbu yumshatishlar Buyuk Britaniya aholisining 85 foiz yashaydigan Angliyaga tegishli. Qirollikning qolgan ma'muriy va siyosiy qismlari ya'ni Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiyaning ma'murlari o‘zlarining siyosatini karantin qoidalari doirasida mustaqil ravishda belgilaydilar. Ammo, odatda, ularning bu boradagi harakatlari London tomonidan qo‘yilgan qadamlar bilan sinxronlashtiriladi.
Mavzuga oid

23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?

11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi

18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi

09:04 / 21.05.2025