Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Yashil” iqtisodiyotga o‘tish va O‘zbekistonning pandemiyadan keyingi tiklanishi mavzusida xalqaro onlayn-forum o‘tkaziladi
BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD), Yevropa Ittifoqi (YeI), BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YeIK) va O‘zbekiston hukumati ikki kunlik forumning tashkilotchilaridir.
3-4 mart kunlari “Yangi imkoniyatlar sari: COVID-19 koronavirus pandemiyasidan keyingi O‘zbekistonning yashil tiklanishi” mavzusida xalqaro onlayn-forum o‘tkaziladi.
Forum hukumat, biznes va jamoatchilik qanday qilib “yashil” tiklanishga asoslangan yangi siyosatni amalga oshirish uchun sa'y-harakatlarini birlashtira olishlarini muhokama qiladigan va “yashil” iqtisodiyotga o‘tishda ko‘mak ko‘rsatish uchun amaliy qadamlarni belgilaydigan onlay platforma bo‘lishi kutilmoqda.
Bo‘lajak forum quyidagi muhim vazifalar orqali O‘zbekistonning “yashil” tiklanishi g‘oyasini ilgari surishga mo‘ljallangan:
- “Yashil” tiklanish va barcha manfaatdor tomonlarni birlashtirish maqsadida O‘zbekiston uchun yanada yaxshi rivojlanish nimani anglatishini o‘rganish.
- Energiyaning qayta tiklanuvchi manbalari, energiya samaradorligi, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va boshqa tegishli yo‘nalishlardagi siyosatni, shu jumladan, O‘zbekistonda “yashil” iqtisodiyotga o‘tish, “yashil” tiklanish jarayonida bo‘lajak ehtimolli inqirozlarga ilg‘or va barqaror jamiyat va iqtisodiyotni yaratishga ko‘mak berish, bir vaqtning o‘zida tabiiy resurslar va atrof-muhitga bosimni pasaytirish siyosatini muhokama qilish uchun maydonni taqdim etish.
- COVID-19 davrida va keng tarqalishi holatida O‘zbekiston hukumatini “yashil” iqtisodiyotni tiklashda qo‘llab-quvvatlash masalasini muhokama qilish va kelgusida ishlab chiqish uchun tavsiyalar to‘plami hamda amaliy harakatlarni shakllantirish.
Xalqaro forum BMTTD, YeI, BMT YeIK va O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet) hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tashkil etiladi.
Onlayn-forum Zoom platformasi orqali ingliz, rus va o‘zbek tillarida o‘tkaziladi (ro‘yxatdan o‘tganlar uchun), YouTubeda bevosita efirda namoyish etiladi.
Forumda ishtirok etish va sinxron tarjima xizmatidan foydalanish uchun https://bit.ly/3uoc2qf havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Mavzuga oid
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
13:10 / 05.05.2025
Samarqand BMTning Davlat xizmatlari forumini qabul qiladi
09:10 / 24.04.2025
Toshkentda Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi birinchi forumi o‘tkaziladi
10:20 / 12.09.2024