Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2021 yilda O‘zbekistonda 11ta yangi GES quriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 fevral kuni gidroenergetika tarmog‘idagi investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.
2017 yil may oyida 2017–2021 yillarda gidroenergetikani rivojlantirish dasturi qabul qilingandi. Bu dasturga jami 3,4 milliard dollarlik 65 ta loyiha kiritilgan bo‘lib, shundan 34 tasi yangi quvvatlar tashkil etish, 31 tasi mavjudlarini modernizatsiya qilishga qaratilgan.
Rasmiy relizga ko‘ra, bugungi kunda 1 100 megavattlik 12 ta loyiha ishga tushirilgan. 950 megavattlik yana 20 ta loyiha yakuniy bosqichda amalga oshirilmoqda.

2021 yilda umumiy qiymati 1 milliard 420 million dollar bo‘lgan 16 ta loyiha rejalashtirilgan. Xususan, 11 ta yangi gidroelektr stansiyasi qurilib, 587 megavatt elektr quvvati yaratiladi. Qolgan 5 ta loyihaga ko‘ra, mavjud stansiyalar modernizatsiya qilinib, ishlab chiqarish imkoniyati kengaytiriladi.
Taqdimotda sohani transformatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham ma'lumot berildi.
Mavzuga oid
20:38 / 18.04.2025
2025 yilda quvvati 65 megavatt bo‘lgan mingdan ortiq mikro GES quriladi
08:35 / 14.04.2025
Malayziya O‘zbekistondagi daryo va kanallarda kichik GESlar qurishi mumkin
17:34 / 05.04.2025
Norin daryosida ikkinchi GES qurilishi boshlandi
13:38 / 28.03.2025