Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ali Xominaiy: Islom pozitsiyasida yadro qurolini yaratish taqiqlangan
Islom nuqtayi nazaridan yadro qurolini ishlab chiqarish taqiqlangan, dedi 22 fevralda Eron diniy rahbari oyatulloh Ali Xominaiy.
“Islom yadroviy qurol ishlab chiqarishni taqiqlaydi”, dedi Eron oliy yetakchisi. Shu bilan birga, siyosatchi “Tehron yadro masalasida o‘zining oqilona pozitsiyasidan voz kechmaydi”, deb qo‘shimcha qildi. “Mamlakat manfaatlariga muvofiq, biz olg‘a intilamiz va uranni 60 foiz boyitishgacha boramiz", dedi u.
2020 yil 2 dekabrda Eron konstitutsiyasini himoya qilish kengashi avvalroq Majlis tomonidan qabul qilingan uranni boyitish darajasini oshirish borasidagi qonunini ma'qulladi. Qonun hukumatga yiliga 20 foizgacha boyitilgan eng kamida 120 kg uran ishlab chiqarishni topshirdi. Qonun ishlab chiqaruvchilarning fikriga ko‘ra, loyihaga kiritilgan choralar Tehronga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga yordam beradi.
2000 yillarning boshlarida Eronning diniy rahbari tomonidan, yadroviy qurol ishlab chiqarish islom diniga zid bo‘lishi to‘g‘risida fatvo chiqarilgan. Eronlik siyosatchilar ushbu ko‘rsatma Tehron yadro dasturining faqat tinchlikparvarligini isbotlashini bir necha bor ta'kidladilar.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
20:49 / 15.05.2025