Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya parlamenti qirolni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish taklifini ko‘rib chiqadi
Ushbu taklif "Kataloniyaning so‘l respublikachilari" partiyasi tomonidan ilgari surilgan. Tashabbusda "qonun oldida barcha teng bo‘lishi va sud oldida bir xil sharoitlarda javob berishi shartligi" aytilgan.
Ispaniya deputatlar kongressi (parlament quyi palatasi) davlat rahbari hisoblanuvchi qirolni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish tashabbusini ko‘rib chiqadi. Bu haqda Europa Press agentligi xabar bermoqda.
Agentlikning xabariga ko‘ra, ushbu taklif "Kataloniyaning so‘l respublikachilari" partiyasi tomonidan ilgari surilgan. Tashabbusda "qonun oldida barcha teng bo‘lishi va sud oldida bir xil sharoitlarda javob berishi shartligi" aytilgan. Kataloniya partiyasi, shuningdek, sobiq davlat rahbari Xuan Karlos I va qirollik oilasining boshqa a'zolarini alohida imtiyozlardan mahrum qilishga chaqirmoqda.
Ushbu masala bo‘yicha ovoz berish payshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Mamlakat konstitutsiyasining 56.3-moddasida "qirol shaxsi daxlsizligi va u javobgarlikka tortilmasligi" belgilangan.
Ushbu masala Xuan Karlos I bilan bog‘liq mojaro ortidan ko‘tarildi. Qirollikda sobiq davlat rahbarining faoliyati bilan bog‘liq uchta surishtiruv olib borilmoqda. O‘tgan yilning avgustida Xuan Karlos I mamlakatni tark etishga qaror qilgan. uning BAAda ekanligi aytilmoqda.
Mavzuga oid
13:40 / 24.05.2025
Ispaniya banki O‘zbekistonda loyihalarni moliyalashtirishga qiziqish bildirmoqda
18:05 / 21.05.2025
Madrid yaqinida ukrainalik siyosatchi Andrey Portnov otib ketildi. U Yanukovichning sobiq safdoshi edi
18:13 / 20.05.2025
Ispaniyada internet va mobil aloqa uzilib qoldi
18:21 / 18.05.2025