Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madaniyat vazirligi Bobur haqida serial tasvirga olinishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda hind aktyori Shohruxxon O‘zbekistonda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti haqida kinoserial tasvirga olishi va bu bo‘yicha Madaniyat vazirligi bilan kelishuvga erishgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
Unda aytilishicha, Bollivud yulduzi Shohruxxon O‘zbekistonda Boburiylar saltanatining poydevori hisoblangan Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi yuzasidan kinoserial tasvirga olish bo‘yicha O‘zbekiston Madaniyat vazirligi bilan kelishuvga erishgan.
Shuningdek, xabarda ta'kidlanishicha, «ushbu serial 2ta fasldan iborat bo‘lib, unda Bobur Mirzoning yoshligidan to Hindiston hududlarini bosib olgan davrlari hamda avlodlarining hayotiy faoliyati tasvirga olinishi» rejalashtirilgan.
Madaniyat vazirligi ushbu xabar yuzasidan munosabat bildirdi. Unda aytilishicha, bu ma'lumot hech qanday asosga ega emas va kelishuv imzolanmagan.
«Madaniyat vazirligi mazkur xabar asossiz yolg‘on ma'lumot ekanligini va bu borada vazirlik Bollivud kinoijodkorlari bilan kelishuv imzolamaganini ma'lum qiladi», deyiladi vazirlik munosabatida.
Mavzuga oid
22:45 / 19.11.2024
Madaniy meros agentligi Andijondagi Bobur haykalini ko‘chirish bo‘yicha tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi
15:33 / 17.08.2024
Serial uchun ruxsat olib berish evaziga 20 ming dollar olgan shaxs ushlandi
16:41 / 22.12.2023
Toshkent viloyatida Cinema Park erkin iqtisodiy zonasi tashkil etiladi
10:26 / 01.12.2023