Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiyalik investor Toshkent viloyatida beton mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
Niderlandiyaning Lumidea Engineering kompaniyasi Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida beton mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasini tashkil etadi. Korxona kuniga 20 ming dona mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasi va Niderlandiyaning Lumidea Engineering kompaniyasi bosh direktori Ashraf O‘zshahin o‘rtasida videokonferensiya shaklida muloqot o‘tkazildi.
«Dunyo» AA ma'lumot berishicha, qarorgohi Rotterdam shahrida joylashgan mazkur kompaniya Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida beton mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasini tashkil etadi.
Ashraf O‘zshahinning so‘zlariga ko‘ra, beton mahsulotlari ishlab chiqarish uchun O‘zbekistonga olib kelinadigan uskunalarning umumiy qiymati 300 ming dollarga teng. Hisob-kitoblarga ko‘ra, korxonaning ishlab chiqarish quvvati kuniga qariyb 20 ming dona mahsulotni (issiqlik izolyatsiyali pardozlash materiallari, beton plitalar, to‘siqlar, yo‘lak toshlari va boshqalar) tashkil etadi.
Niderlandiya tomoni mazkur loyiha rejalashtirilgan jadvalga muvofiq amalga oshirilayotganini ta'kidlagan. Jumladan, xorijdan O‘zbekistonga yetkazilgan texnologik jihoz va uskunalar jo‘natmasining bojxona rasmiylashtiruvi yakunlangan. Ayni paytda navbatdagi jo‘natma uchun bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilmoqda.
Korxonada mart oyi oxirida dastlabki mahsulotlarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan.
Ma'lumot uchun, Lumidea Engineering Niderlandiyaning infratuzilma loyihalariga ixtisoslashgan yetakchi kompaniyalaridan biridir. Kompaniya turar joy majmualari, kasalxonalar, yo‘llar va ko‘priklar qurishga ixtisoslashgan. Shu kunga qadar kompaniya xorijda, xususan, Iroq va Turkmanistonda qator infratuzilmaviy loyihalarini amalga oshirgan.
Mavzuga oid
13:15 / 26.05.2025
O‘zbekiston Xitoyning yirik kompaniyalari bilan 20 dan ortiq kelishuvlar imzoladi
12:42 / 23.05.2025
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi 4,5 barobarga pasaydi
13:25 / 13.05.2025
O‘zbekiston-Slovakiya hukumatlararo komissiyasi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
08:52 / 12.05.2025