«Pashinyanni chalg‘itishgan» - Rossiya Tog‘li Qorabog‘dagi urushda «Iskander» raketalaridan foydalanilmaganini ma'lum qildi
Avvalroq Pashinyan «Iskander» raketalari portlamagani yoki faqat o‘n foizga portlagani haqida aytgandi.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanni Tog‘li Qorabog‘dagi nizo vaqtida «Iskander» raketa majmualaridan foydalanilgani borasida chalg‘itishgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi xabarida aytilmoqda, deb yozadi RBK.
«Armaniston Respublikasi bosh vaziri janob Nikol Pashinyanni chalg‘itishgan bo‘lishi mumkin, natijada u noaniq ma'lumotdan foydalangan», — deyiladi mudofaa vazirligi xabarida.
Qo‘shimcha qilinishicha, vazirlik Pashinyanning bayonoti bilan tanishib «hayron qolgan», chunki ma'lumotlarga ko‘ra, Armaniston Tog‘li Qorabog‘dagi nizo vaqtida Rossiyaning «Iskander» raketa majmualaridan foydalanmagan.
«Bizdagi xolis va ishonchli hamda xolis nazorat tizimi tomonidan tasdiqlangan ma'lumotlarga ko‘ra, Tog‘li Qorabog‘dagi nizo davomida bu turdagi raketa majmualarining birortasidan ham foydalanilmagan. Barcha raketalar Armaniston Respublikasi qurolli kuchlarining omborlarida turibdi», — deyiladi Rossiya mudofaa vazirligi xabarida.
Avvalroq Pashinyan «Iskander» raketalari portlamagani yoki faqat o‘n foizga portlagani haqida aytgandi.
Yerevan.Today jurnalistlari Armaniston qurolli kuchlari bosh shtabi qo‘mondoni o‘rinbosari general Tiran Xachatryandan bu so‘zlarni izohlashni so‘radi – u esa bunga javoban «uzoq kuldi» va «bunday bo‘lishi mumkin emasligi»ni aytdi. Bosh shtab vakili «yuzaki baholar bilan xulosa chiqarish – nojiddiyligi»ni aytib, jurnalistlarga «bu qurol haqida noto‘g‘ri tushunchalar shakllantirmaslik»ni tavsiya qildi. Ko‘p o‘tmay u ishdan bo‘shatildi.
Mavzuga oid
21:21 / 14.11.2024
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyasini eng katta muammo va fojia deb atadi
14:26 / 13.11.2024
BMT sudi: Armaniston va Ozarboyjonning da’volari bizning yurisdiksiyamizda
10:10 / 09.10.2024
RF chegarachilari Armaniston va Eron chegarasini qo‘riqlashni to‘xtatadi
21:00 / 07.10.2024