Mirshablar davridan to hozirgacha: Toshkent militsiyasining «Shon-sharaf» muzeyiga sayohat
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida tashkil qilingan «Shon-sharaf» muzeyi – ichki ishlar organlari faoliyati tarixi, soha xodimlarining uch asr oldingi ko‘rinishidan tortib, to bugungi faoliyatigacha hikoya qiladi.
Eksponatlar tarkibida boshqarma shaxsiy tarkibining turli yillardagi xizmat kiyimlari, tabel qurollari, uskuna va maxsus vositalaridan namunalarni ko‘rish mumkin.
Muzey 4 bo‘limdan iborat. 1-bo‘limdan Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash tizimining vujudga kelish tarixiga doir eksponatlar o‘rin olgan. Sobiq ittifoq davrida ichki ishlar organlari faoliyatiga tegishli eksponatlar esa 2-bo‘limga joylashtirilgan.
3-bo‘lim mustaqillik yillarida Toshkent shahar IIBB tizimidagi o‘zgarishlar haqida hikoya qilsa, 4-bo‘lim poytaxt IIBB sohaviy xizmatlari, tumanlar IIO FMBlari faoliyati haqida ma'lumot beradi.
Muzeyda jami 54ta stendda, 1ta sensorli infokioskda ichki ishlar organlari tarixi va faoliyatiga oid lavhalar namoyish etilgan.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi kadrlar boshqarmasi bosh inspektori kapitan Elbek Normo‘minov muzeyda joylashtirilgan eksponatlar va ularning kelib chiqish tarixi haqida ma'lumot berdi.
Uning hikoya qilishicha, XVIII asrga kelib, Toshkent shahri baland mudofaa devori bilan o‘rab olingan va shaharning 12ta darvozasi bo‘lib, 4 dahaga bo‘lingan. Bular – Ko‘kcha, Beshyog‘och, Sebzor va Shayxontohur dahalaridir. Har bir dahada osoyishtalikni, aholining tinchligini ta'minlash uchun mirshablar faoliyat olib borgan.
Mirshab so‘zi «tungi shahar soqchilarining boshlig‘i» degan ma'noni bildiradi. Tarixiy manbalarda aytilishicha, XVIII–XIX asrlarda Toshkent ko‘chalarida mirshab va mirshabboshilar kecha-yu kunduz, hozirgi tilda aytganda patrullik qilib, jamoat joylarida, aholi gavjum joylarda jamoat tartibini saqlash, turli janjallar, bozorlardagi tosh-tarozilarning to‘g‘riligini tekshirish, jinoyat yo huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni tartibga chaqirish va sud tomonidan ularga tayinlangan jazoni ijro etish kabi vazifalarni bajargan.
«Bu yerda dastlabki mirshabning qiyofasini ekspozitsiya orqali ko‘rsatishga harakat qildik. 4ta dahaning har birida 10 nafardan mirshab faoliyat olib borgan. Ularning har biriga bir nafardan mirshabboshi boshchilik qilgan.
Turkiston mintaqasida 1917 yildagi oktyabr to‘ntarishiga qadar shunday tartib amalda bo‘lgan», – deydi u.
Muzeyda 1000ga yaqin ashyolar joylashtirilgan
Eksponatlar 410tasi – xizmat faoliyatida qo‘llanilgan texnika (avtomobil, mototsikl), uskuna va jihozlar, qurol-aslahalar; 100dan ortig‘i – jinoyat ishlariga aloqador daliliy ashyo sifatida olingan buyumlar (o‘qotar va sovuq qurollar, qo‘lbola portlovchi moslama maketlari), 38tasi – turli yillarga oid formali kiyim-boshlardir.
Muzeyda ichki ishlar organlari faxriylari, xizmat burchini ado etish paytida halok bo‘lgan xodimlarga bag‘ishlangan alohida bo‘lim ham bor.
Mavzuga oid
16:05 / 17.10.2024
Misrda dunyodagi eng qimmat muzey ochildi. Uni qurishga qariyb 20 yil vaqt ketdi
20:41 / 08.10.2024
Niderlandiyada muzey xodimi metall bankalar ko‘rinishidagi art-obektni tashlab yubordi
00:11 / 18.08.2024
Germaniyadagi muzeydan o‘g‘irlab ketilgan 124 mln dollarlik taqinchoqlar vataniga qaytarildi
10:23 / 24.06.2024