OTMda ikki va undan ortiq farzandi kontraktda o‘qiyotgan oilalarga imtiyozli ta'lim kreditlari berilishi mo‘ljallanmoqda
OTMda ikki va undan ortiq farzandi kontraktda o‘qiyotgan oilalarga imtiyozli ta'lim kreditlari berilishi mo‘ljallanmoqda. Bu haqdagi hujjat normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e'lon qilindi. Muallifi sifatida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi ko‘rsatilgan bu loyiha joriy yil 23 fevraldan 10 martga qadar muhokamada bo‘ladi.
Vazirlar Mahkamasining qabul qilinishi kutilayotgan qaroriga ko‘ra, 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, yoshlarning ta'lim olishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish, oliy ma'lumot olayotgan fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish maqsadida Markaziy bank respublika oliy ta'lim muassasalarida bir vaqtning o‘zida ikki va undan ortiq farzandi to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalarga imtiyozli ta'lim kreditlari berish uchun tijorat banklariga resurslar ajratish yuzasidan Moliya vazirligiga buyurtmanomalar taqdim etilishini yo‘lga qo‘yadi.
Bu imtiyoz nafaqat davlat, balki O‘zbekiston hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha oliy ta'lim muassasalari (davlat, nodavlat, qo‘shma ta'lim dasturlari va xorijiy davlatlar oliy ta'lim muassasalari filiallari) talabalari uchun ham tatbiq etiladi.
Mavzuga oid
22:23 / 27.05.2024
Ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talabalarga ajratiladi
15:25 / 17.06.2023
Grant asosidagi qabul kvotalari tasdiqlandi
16:04 / 15.06.2023
Qabul boshlanishiga 5 kun qoldi, kvotalardan esa darak yo‘q
21:30 / 12.06.2023