Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent va Yangiyo‘l tumanlarida tabiiy gaz ta'minoti avtomatik tarzda o‘chib qolish sababi ma'lum qilindi
Toshkent viloyatining Toshkent va Yangiyo‘l tumanlarida tabiiy gaz ta'minotining o‘chib qolishiga gaz hisoblagichlarni o‘rnatish jarayonida dalolatnomalar noto‘g‘ri rasmiylashtirilgani va mazkur dalolatnoma asosida «CSV» bazasiga ma'lumotlar noto‘g‘ri kiritilgani sabab bo‘lgan.
Joriy yilning 23-24 fevral kunlari Toshkent viloyatining Toshkent va Yangiyo‘l tumanlarida iste'molchilar tabiiy gaz ta'minotidan uzib qo‘yilgani hamda elektron gaz hisoblagich o‘rnatilgan xonadonlarda gaz avtomatik tarzda o‘chib qolish holatlari kuzatilgan. Shuningdek, to‘lov mavjud bo‘lganiga qaramay tarmoqqa qayta ulanishda muammolari bo‘lgan.
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining ma'lum qilishicha, elektron gaz hisoblagichlarning avtomatik tarzda o‘chib qolishiga gaz hisoblagichlarni o‘rnatish jarayonida dalolatnomalar noto‘g‘ri rasmiylashtirilgani va mazkur dalolatnoma asosida «CSV» bazasiga ma'lumotlar noto‘g‘ri kiritilgani sabab bo‘lgan.
Buning oqibatida bir necha xonadondagi hisoblagichlar bo‘yicha seriya raqami bazaga bir xil kiritilgan bo‘lib, bu holat bitta qarzdor abonent bilan bir qatorda, boshqa haqdor abonentlarning ham tarmoqdan o‘chirilishiga olib kelgan.
Hududlarda gaz hisoblagichlarni o‘rnatish jarayonida aniqlangan xato va kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, kelgusida qayta takrorlanmasligining oldini olish hamda mas'uliyatsizlikka yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan «Hududgazta'minot» AJga so‘rov xati taqdim etilgan va 150 nafarga yaqin iste'molchilar gaz ta'minotiga qayta ulangan.
Mavzuga oid
20:30 / 17.05.2025
Erdo‘g‘an Qora dengizda 30 milliard dollarlik gaz koni topilganini e’lon qildi
20:47 / 04.05.2025
Toshkent tumanidagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in chiqdi
23:07 / 04.04.2025
Toshkent tumanida bir-biriga tutash ikki binoda yong‘in chiqdi
08:53 / 31.03.2025