Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy bir hafta ichida Rossiyaga qarshi sanksiyalar to‘g‘risida e'lon qilishga va'da berdi
Psakining so‘zlariga ko‘ra, gap 2020 yildagi AQSh prezidentligi saylovlariga Rossiyaning ehtimoliy aralashuvi, amerikalik askarlarning o‘ldirilishi uchun mukofot va'da qilinishi va AQSh hukumat muassasalariga qilingan hakerlik hujumlarini o‘rganishni o‘z ichiga olgan «jarayon» to‘g‘risida bormoqda.
Amerika hukumati Rossiyaga qarshi ehtimoliy sanksiyalar to‘g‘risidagi ma'lumotni «oylar emas, bir hafta ichida» taqdim etadi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Jyen Psaki ma'lum qildi.
Psakining so‘zlariga ko‘ra, gap 2020 yildagi AQSh prezidentligi saylovlariga Rossiyaning ehtimoliy aralashuvi, amerikalik askarlarning o‘ldirilishi uchun mukofot va'da qilinishi va SolarWinds dasturiy ta'minoti orqali AQSh hukumat muassasalariga qilingan hakerlik hujumlarini o‘rganishni o‘z ichiga olgan «jarayon» to‘g‘risida bormoqda.
Rossiya «Tolibon» harakatiga aloqador odamlarga amerikalik askarlarni o‘ldirishlari uchun mukofot taklif qilgani to‘g‘risida The New York Times gazetasi yozgandi.
SolarWinds kompaniyasining Orion dasturi yordamida AQSh idoralariga hakerlik hujumi amalga oshirilgani haqida esa The Washington Post va Reuters xabar qilgandi. Keyinroq Amerika maxsus xizmatlari hujum Rossiya tomonidan tashkil qilingan bo‘lishi mumkinligini bildirdi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025