Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron yadro kelishuvi bo‘yicha YeI va AQSh bilan muzokaralardan bosh tortdi - WSJ
Eron hukumati yadro kelishuvi bo‘yicha AQSh va Yevropa ittifoqi bilan muzokaralar olib borishdan bosh tortdi. Bu haqda ikki yuqori mansabdor diplomatga tayanib Wall Street Journal nashri xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, muzokaralar yaqin haftalarda o‘tkazilmaydi. Rasmiy shaxslar hozircha bu masala bo‘yicha izoh berishmagan.
Bundan avval AQSh xalqaro vositachilar “oltiligi” ishtiroki va Yevropa ittifoqi vositachiligida Eron bilan yadro kelishuvi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini bildirgandi. Eron bunga javoban o‘ziga qarshi kiritilgan sanksiyalarning bekor qilinishini talab qilgan.
Avvalroq Britaniya, Germaniya va Fransiya Eronni yadro kelishuvini buzishda ayblagandi.
2015 yilda Rossiya, AQSh, Fransiya, Britaniya, Xitoy va Germaniya Tehronga qarshi kiritilgan sanksiyalar bekor qilinishi evaziga Eron yadro dasturining muzlatilishi bo‘yicha Eron bilan yadro kelishuvini imzolagandi. 2018 yil mayida AQSh prezidenti Donald Tramp Vashingtonning ushbu kelishuvdan bir tomonlama ravishda chiqishini e'lon qilgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025