Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bill Geyts pandemiya qachon tugashi borasida taxmin bildirdi
Geytsning so‘zlariga ko‘ra, virusning yangi shtammlari paydo bo‘lishi va qaytadan yuqtirishlar sababli kasallikka qarshi kurashish uchun butun 2022 yil sarflanishi mumkin.
Dunyo koronavirusgacha bo‘lgan holatga 2022 yildan erta qaytmasligi mumkin, chunki hozirda ko‘rilayotgan choralar «pandemiyani tugatish uchun yetarli emas», dedi Microsoft asoschisi Bill Geyts CNN jurnalistlari bilan suhbatda.
Milliarder vaksinaning tez yaratilishini mo‘jiza deb atadi va AQSh koronavirusga qadar bo‘lgan vaziyatga kuzda qaytishi mumkinligi, ammo virus ustidan g‘alaba qozonish uchun global kurashga katta hissa qo‘shish hamda vaksina tarqatish kerakligini aytdi.
Uning ta'kidlashicha, hozirda vaksinani asosan boy mamlakatlar olmoqda.
Geytsning so‘zlariga ko‘ra, virusning yangi shtammlari paydo bo‘lishi va qaytadan yuqtirishlar sababli kasallikka qarshi kurashish uchun butun 2022 yil sarflanishi mumkin.
Avvalroq Bill Geyts koronavirus pandemiyasini to‘xtatish uchun milliardlab dollarlarni vaksina ishlab chiqaruvchi korxonalar qurilishiga sarflashga chaqirgandi.
Mavzuga oid
22:58 / 20.05.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalarga qarshi kurash bo‘yicha yangi global bitimni tasdiqladi
22:17 / 08.05.2025
Bill Geyts milliarder Ilon Maskni qashshoq bolalar o‘limida aybladi
20:18 / 08.05.2025
Bill Geyts 20 yil ichida deyarli barcha boyligini xayriyaga yo‘naltirishiga va’da berdi
18:39 / 16.04.2025