O‘zbekistonda koronavirusga qarshi ilk vaksina davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
Sog‘liqni saqlash vazirligi 1 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga qarshi ilk vaksina davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani haqida xabar berdi.
«Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinani yaratishda O‘zbekistonning hissasi va ca'y-harakatlarini inobatga olib, ZF 2001 vaksinani birga yaratgan hammuallif mamlakat sifatida belgiladi. Ushbu yangi vaksinani ZF-UZ-VAC 2001 nomi bilan birgalikda ishlab chiqarish va foydalanishga kelishilgani bildirildi.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi xabariga ko‘ra, bugun 2021 yil 1 mart kuni ZF-UZ-VAC2001 koronavirusning yangi tipiga qarshi rekombinant (CHO cell) vaksina tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Dori-darmonlar qatorida vaksinalar ham tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin ruxsat etiladi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash mart oyining birinchi yarmida boshlanishi ma'lum qilingan. Maxsus komissiya qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda Rossiyaning Gamaleya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan «Sputnik V» vaksinasini qo‘llashga ruxsat berildi. Koronavirusga qarshi kurashish tadbirlari va vaksina uchun 3 trillion so‘m ajratish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
17:48 / 01.11.2024
Dunyodagi eng halokatli infeksiya nomi ma’lum bo‘ldi
20:25 / 23.10.2024
Britaniyada norovirusga qarshi dunyodagi birinchi vaksinani sinovdan o‘tkazish boshlandi
11:40 / 16.10.2024
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi
20:04 / 14.10.2024