O‘zbekiston | 08:11 / 02.03.2021
6987
3 daqiqa o‘qiladi

Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalarda yangi lavozim joriy etiladi

Foto: pixabay

Vazirlar Mahkamasining “Aholiga ko‘rsatilayotgan nefrologik va gemodializ yordamini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Belgilab qo‘yilishicha, 2021 yil aprel oyidan boshlab:

  • Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hududiy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari nefrologiya va gemodializ bo‘limlarining ilmiy-metodik boshqaruvini amalga oshiradi;
  • tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalarida umumiy cheklangan lavozimlar doirasida nefrologik bemorlar salomatligi nazoratini olib boruvchi terapevt (nefrolog) lavozimi kiritiladi.

Quyidagilar Hududiy nefrologiya va gemodializ markazlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:

  • aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan nefrologik tibbiy yordam ko‘rsatish;
  • nefrologik kasalliklarni hududlar bo‘yicha chuqur o‘rganib, tahlil qilish va hududlarning o‘z xususiyatidan kelib chiqqan holda kasalliklar oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • nefrologik kasalliklar profilaktikasi, diagnostikasi va davolashning zamonaviy va ilg‘or usullarini amaliyotga tatbiq etish;
  • nefrologik kasalliklar dispanser nazorati va reyestrini tashkil etish;
  • nefrologik kasalliklarni davolash va ularning diagnostikasini doimiy ravishda takomillashtirish.

Sog‘liqni saqlash vazirligi:

a) Respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan Hududiy nefrologiya va gemodializ markazlari hamda ushbu yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatuvchi tibbiyot xodimlarining 2021 – 2025 yillar davomida malaka oshirish uchun xorijiy yetakchi tibbiyot hamda ilmiy muassasalarga yuborilishini ta'minlaydi;

2021 – 2022 o‘quv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Samarqand davlat tibbiyot instituti, Buxoro davlat tibbiyot instituti, Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida nefrologiya kafedralari faoliyatini yo‘lga qo‘yadi;

nefrologiya va gemodializ bo‘yicha kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;

o‘rta tibbiyot va dorishunos xodimlar malakasini oshirish va ixtisoslashtirish respublika markazida dializ hamshiralarini tayyorlash va malakasini oshirish kurslarini tashkil etadi;

b) Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 sentyabrga qadar:

Hududiy nefrologiya va gemodializ markazlarining tegishliligicha aholi soni kasallanish ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, o‘rin fondini 50tagacha yetkazish choralarini ko‘radi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid