Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadagi qurilishlarda minglab ishchi kuchi yetishmayotgani ma'lum qilindi
Moskvadagi qurilish maydonlarida 20 mingga yaqin ishchi yetishmayapti. Bu haqda Moskva qurilish departamenti rahbari Rafik Zagrutdinov ma'lum qildi.
"Bugungi kunda qurilish maydonlarida 45-47 mingga yaqin kishi mehnat qilmoqda. Moskva meri Sergey Sobyanin oldimizga qo‘ygan vazifalardan kelib chiqib qaraydigan bo‘lsak, yana 20 mingga yaqin ishchi yetishmayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Mehnat resurslari yetishmovchiligi masalasi dolzarb bo‘lib turibdi, uni hal qilmoqdamiz", - dedi Zagrutdinov.
Avvalroq Sergey Sobyanin pandemiya sababli chegaralar yopilishi Moskvadagi qurilishlarda bir necha o‘n ming ishchi yetishmovchiligiga olib kelganligini aytgandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, vaziyat 2021 yilda o‘nglanishi kerak. Ishsizlik darajasi oshgan bo‘lsa-da, ish o‘rinlariga taklif undan ham ko‘p, degan mer.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
09:39 / 23.05.2025
Bo‘rijardagi fojia. Odamlar xavfsizligi oxirgi o‘rindami?
08:40 / 23.05.2025