Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy sud 14 nafar ayolni jazodan ozod qildi, 2 nafar mahkumaga tayinlangan jazo yengillashtirildi
Joriy yilning 2 mart kuni Oliy sudda jazoni ijro etish muassasalarida og‘ir, o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etib, turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etilgan 16 nafar mahkuma ayolning kassatsiya tartibida bergan shikoyatlari ko‘rib chiqildi.

Oliy sud raisining o‘rinbosari Ikrom Muslimov raisligida bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlislarida har bir ayolning kassatsiya tartibida bergan arizasi qonun doirasida batafsil o‘rganildi.
Qayd etilishicha, mahkuma ayollar jazoning asosiy qismini o‘tagani, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi, jazoni o‘tash jarayonida o‘zining ijobiy jihatlarini namoyon etgani inobatga olingan.

Sud ajrimi bilan sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan jazoning asosiy qismini o‘tagani, qilmishiga iqror va pushaymon bo‘lgani, yoshi hamda kafolat xatlari inobatga olinib, 14 nafar ayolning tayinlangan jazolari yengillashtirilib, jazodan ozod qilindi. Shuningdek, 2 nafar mahkuma ayolga tayinlangan jazolar yengillashtirildi.
Mavzuga oid
23:37 / 01.05.2025
Payariq hokimining ta’qibi ortidan qamalgan tadbirkorni Oliy sud ozod qildi
16:21 / 30.04.2025
Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritildi
20:07 / 22.04.2025
2025 yil birinchi choragida 4,7 ming kishi ozodlikdan mahrum qilindi
20:44 / 27.02.2025