Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev 4 mart kuni IHT sammitida nutq so‘zlaydi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 4 mart kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining videoanjuman shaklida o‘tadigan 14-sammitida qatnashadi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tashkilotga a'zo davlatlar rahbarlarining Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an raisligida o‘tadigan uchrashuvi kun tartibidan COVID-19’dan keyingi davrda mintaqada amaliy hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.
Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida mintaqaviy sheriklikni kengaytirish istiqbollari borasidagi fikr-mulohazalarini bayon etishi, shuningdek, pandemiya oqibatlarini yengib o‘tish, savdo aloqalarini tiklash, sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish, transport va logistika, oziq-ovqat xavfsizligi sohalarida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish, «yashil» iqtisodiyot va moliyaviy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator takliflarni ilgari surishi kutilmoqda.
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti 1985 yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda 10 ta davlat IHTga a'zo. Bular – O‘zbekiston, Turkiya, Eron, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarboyjon va Afg‘oniston.
Tashkilotning asosiy maqsadi – savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar, transport, kommunikatsiyalar, energetika, qishloq xo‘jaligi va sanoat kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish.
Mavzuga oid
10:03 / 28.05.2025
Yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga “aqlli” hisoblagich tizimi o‘rnatiladi
21:22 / 27.05.2025
2025 yilda 1619 km ichimlik suv tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan
18:30 / 27.05.2025
Shavkat Mirziyoyev YUNISEF ijrochi direktori bilan uchrashdi
12:30 / 27.05.2025