Jahon | 04:11 / 04.03.2021
3779
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirusning afrikacha shtammiga qarshi antitanalar qolgan shtammlardan himoyalashi ma'lum qilindi

Foto: EPA

Koronavirusning Janubiy Afrika shtammi ta'sirida hosil bo‘lgan antitanalar boshqa shtammlarga qarshi paydo bo‘lgan antitanalarga nisbatan kengroq himoyaga ega ekani aniqlandi.

Ushbu shtammlar koronavirusning boshqa shtammlari bilan kasallanishning oldini olishi mumkin. Bunday xulosaga Janubiy Afrika Respublikasi olimlari kelishdi.

Ta'kidlanishicha, laboratoriya tadqiqotlari natijalari virusning 501Y.V2, ya'ni Janubiy Afrika variantiga qarshi vaksinalar virusning boshqa ko‘plab variantlaridan himoyalay olishi mumkinligiga umid bermoqda. 

“Biz 501Y.V2’dan zararlangan odamlar qon plazmasini birinchi to‘lqindagi shtammga qarshi qo‘llab, u koronavirusning boshqa variantlarini bartaraf eta olishini aniqladik”, deb aytgan Afrika ilmiy-tadqiqot instituti xodimi Aleks Sigal.   

Bunga virusning ushbu shtammiga nisbatan organizm tomonidan kuchli va barqaror immun javob ishlab chiqilishi sabab hisoblanadi. Ushbu immun javob uzoq vaqt davomida faol bo‘lib qoladi.

Sigalning ta'kidlashicha, 501Y.V2’ni hisobga olib ishlab chiqilgan vaksinalar virusning boshqa shtammlaridan ham himoyalashi mumkin.

Mavzuga oid