Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Standartlar instituti: Standartlashtirish sohasiga xorijiy davlatlar tajribasi joriy etiladi
«O‘zstandart» agentligi huzuridagi Standartlar instituti va Turkiyaning Turk standartlari instituti (TSE) ekspertlari o‘rtasida videokonferensiya shaklida onlayn tajriba almashish muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Ma'lumki, bugungi kunda respublikamizda texnik jihatdan tartibga solish sohasini xalqaro talablarga uyg‘unlashtirish va rivojlangan davlatlarning bu sohadagi tajribalarini o‘zlashtirish orqali standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu yo‘lda, Standartlar instituti oldiga ham katta vazifalar belgilangan.
Bo‘lib o‘tgan videokonferensiya shaklidagi muloqot davomida ikki davlatning soha mutaxassislari standartlashtirish faoliyati bo‘yicha xalqaro (YeN, ISO, IEC) standartlarni qabul qilishning o‘ziga xos tartiblari, milliy standartlarni ishlab chiqish, tarjima qilish, milliy texnik qo‘mitalarning ish faoliyati, shuningdek muvofiqlikni baholash va kadrlar malakasini oshirish kabi masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashdi.
Muloqot davomida Turk standartlari institutining standartlashtirish yo‘nalishidagi rahbarlari Niyazi Sechkin, Akif Sesli va Muzeffe O‘zen, Yusuf Axmet Shener singari yetakchi ekspertlar bu sohadagi Turkiya tajribasi hamda erishilgan yutuqlari bo‘yicha batafsil ma'lumot berib o‘tishdi.
Muhokama yakunida ikki tomon standartlashtirish, sertifikatlashtirish va mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha istiqboldagi rejalarni amalga oshirish bo‘yicha tadbirlarini belgilab olishdi.
Standartlar instituti Matbuot xizmati
Mavzuga oid
11:29 / 07.10.2022
Senat «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahririni ma’qulladi
17:30 / 12.03.2021
Standartlar instituti: Endilikda vazirlik va idoralar qoshidagi standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar reytingi yuritiladi
19:28 / 03.03.2021
Standartlar instituti: Standartlar endi jamoatchilik muhokamasidan o‘tadi
01:21 / 31.03.2018