Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda noma'lum shaxs yo‘lovchi samolyotini olib qochmoqchi bo‘ldi
Eronning Islom inqilobi muhofizlari korpusi xodimlari Iran Air aviakompaniyasiga tegishli yo‘lovchi samolyotining olib qochilishi oldini olishdi. Voqea samolyot Ahvazdan Mashhadga yo‘nalayotgan vaqtda yuz bergan.
Ta'kidlanishicha, Fokker 100 samolyoti 4 mart kuni 10 daqiqalik kechikish bilan havoga ko‘tarilgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, noma'lum shaxs samolyotni Fors ko‘rfazi janubidagi arab davlatlaridan biriga qo‘ndirmoqchi bo‘lgan.
Samolyotni Eronning markaziy qismida joylashgan Isfaxon shahri aeroportida favqulodda qo‘ndirishga muvaffaq bo‘lingan. Jinoyatchi qo‘lga olingan.
Voqeaning qolgan tafsilotlari oshkor qilinmagan.
Korpus matbuot xizmatida ma'lum qilinishicha, voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan. Yo‘lovchilar boshqa samolyot bilan Mashhadga uchib ketishgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
23:17 / 22.05.2025