Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bu insonlar ham umid bilan yashaydi» - Shavkat Mirziyoyev vazirlar va hokimlardan «Saxovat» uylari bo‘yicha hisobot so‘radi
Bugun, 6 mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi urush va mehnat faxriylari respublika pansionatiga tashrif buyurdi. 1970 yilda ishga tushgan bu maskanda ayni paytda 140 nafar kishi istiqomat qiladi va ularga 115 nafar xodim xizmat ko‘rsatadi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, prezident pansionat zalida videoselektor shaklida o‘tgan tadbirda bu maskan misolida respublikadagi har bir «Saxovat» uyi bo‘yicha vaziyatni muhokama qildi va vazirlar, hokimlar hisobotini tingladi.

«Bu soha e'tiborimizdan chetda qoldi, nuroniylarimizdan faqat bayramlarda xabar oladigan bo‘ldik. Respublikamizda 34ta shunday muassasa bo‘lsa, ayni shu pansionat namunali ekanini men yaxshi bilaman. Ammo viloyatlarda ahvol qanday, bunisi endi katta savol. Bosh vazirga alohida topshiriq berdim, alohida xodim ajratadi va u faqat shu soha bilan shug‘ullanib, muammolarni hal qiladi. Behzod Musayev bunday maskanlarda faoliyat yurituvchi tibbiy xodimlar maoshlarini ko‘rib chiqadi, ularga boshqalar bilan teng maosh berish adolatdan emas, chunki ishlari og‘ir. Bunday maskanlarda istiqomat qilayotgan insonlar ham umid bilan yashayapti, ularni ota-onamizdek ko‘rsak ishimizda baraka bo‘ladi», deya davlat rahbarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.



«Saxovat» uylaridagi tibbiy uskuna va jihozlarni yangilash, zamonaviy fizioterapiya bo‘limlari tashkil qilish bo‘yicha topshiriq berildi.
Mavzuga oid
10:03 / 28.05.2025
Yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga “aqlli” hisoblagich tizimi o‘rnatiladi
21:22 / 27.05.2025
2025 yilda 1619 km ichimlik suv tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan
18:30 / 27.05.2025
Shavkat Mirziyoyev YUNISEF ijrochi direktori bilan uchrashdi
12:30 / 27.05.2025