Somali poytaxtida sodir bo‘lgan portlashda 20 kishi halok bo‘ldi
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, portlovchi modda joylangan avtomobil portlagan hamda portlash sodir bo‘lgan joy yaqinida otishma ovozlari eshitilgan.
Somali poytaxti Mogadishoda sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi.
"Portlash joyidan 20 nafar halok bo‘lganlarning jasadini va 30 nafar yaradorni olib chiqdik", - deb ma'lum qildi tez yordam xizmati vakili.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, portlovchi modda joylangan avtomobil portlagan hamda portlash sodir bo‘lgan joy yaqinida otishma ovozlari eshitilgan. Politsiya voqea joyini o‘rab olgan.
Fevral oxirida Somali mudofaa kuchlari boshlig‘i o‘rinbosari Abbos Aminga qilingan suiqasd chog‘ida uning ikki nafar tansoqchisi halok bo‘lgan, yana biri jarohatlangandi.
Mavzuga oid
10:06 / 12.09.2024
Samarqandda gaz portlagan «dom» aholisi evakuatsiya qilinmoqda
20:52 / 30.08.2024
Germaniyada Ukraina uchun qurol ishlab chiqaradigan Diehl kompaniyasi zavodida portlash sodir bo‘ldi
00:20 / 25.08.2024
Fransiyada sinagoga yaqinida portlash sodir bo‘ldi
09:20 / 05.08.2024