Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zini mahalla raisi sifatida tanishtirgan shaxs Sergelidan imtiyozli narxlarda uy olib berish evaziga 9 ming dollar so‘radi
Toshkent shahri Sergeli tumanida imtiyozli narxlarda turar joy xonadonlarini olib berish evaziga 9 ming dollarni qo‘lga kiritgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Mirobod tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida fuqaro A.G. fuqaro N.N.ga o‘zini Sergeli tumanidagi mahallalardan birining raisi sifatida tanishtirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali tumandagi kam ta'minlanganlar uchun qurilgan ko‘p qavatli uylardan 3 ta xonadonni imtiyozli narxlarda olib berishni va'da qilgan. U o‘z xizmati evaziga 9000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan A.G.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28-, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025