Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh oliy sudi Trampning saylovlar bo‘yicha oxirgi shikoyat arizasini ham rad etdi
AQSh oliy sudi AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning 2020 yil noyabrda o‘tgan prezident saylovlari natijalari bo‘yicha uchta shikoyat arizasidan oxirgisini ham rad etdi.
Sud Trampning Viskonsin shtatida minglab ovozlarning hisobga olinmasligini talab qilgan arznomasini rad etgan quyi instansiya qarorini o‘zgarishsiz qoldirdi. Ushbu shtatda Tramp raqibi Jo Baydenga 20 ming ovoz bilan yutqazgandi.
Sud o‘z qaroriga izoh bermagan.
Ushbu shikoyat arizasi saylovlar bo‘yicha Tramp tomonidan oliy sudga berilgan uchta arznomadan oxirgisi edi. 22 fevralda sud Trampning Viskonsin va Pensilvaniyadagi ovoz berish bo‘yicha qolgan ikkita arizasini rad etgandi.
Umuman olganda Tramp quyi instansiya sudlarida saylovlar bo‘yicha taxminan 55ta ishda yutqazgan va saylovlar natijalariga ta'sir etmagan birgina ishda yutib chiqqan.
2020 yil noyabr oxirida Pensilvaniya shtati sudi Respublikachilar partiyasining prezident saylovlari davomida pochta orqali yuborilgan ovoz berish byulletenlarini haqiqiy deb tan olmaslik haqidagi talabini qanoatlantirishni rad etgandi.
Mavzuga oid
14:58 / 04.05.2025
Ruminiyada qayta prezidentlik saylovlari boshlandi
22:10 / 22.04.2025
Bloomberg: Makron muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazishi mumkin
23:52 / 09.04.2025
Estoniya prezidenti Rossiya va Belarus fuqarolarining mahalliy saylovlarda ovoz berishini taqiqlovchi qonunni tasdiqladi
22:38 / 30.03.2025