Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda «Made in Uzbekistan» ko‘rgazmasi o‘tkaziladi
Joriy yilning 7 mart kuni Tehronga ikki tomonlama muzokaralar olib borish uchun tashrif buyurgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Siddiqov boshchiligidagi delegatsiya bugun Eron Savdo va sanoat palatasi raisi G‘ulomhusayn Shafeiy bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Tadbirda Eron bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish O‘zbekiston tashqi iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani qayd etildi.

O‘zaro tovar ayirboshlashning bugungi hajmi ikki mamlakat mavjud imkoniyatlariga mos kelmasligi ta'kidlandi. O‘zbekiston o‘zaro iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma sa'y-harakatlarni faollashtirish tarafdori ekani qayd etildi.
O‘zbekiston, shuningdek, ikki mamlakat mintaqalarida Eron bilan ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmalar tashkil etish, milliy va mintaqaviy savdo va sanoat palatalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va delegatsiyalar almashinuvidan manfaatdorligi aytildi.
Eron Savdo va sanoat palatasi ushbu mamlakatda «Made in Uzbekistan» ko‘rgazmasini o‘tkazishga har tomonlama ko‘mak berishi ma'lum qilindi.
Muzokaralarda O‘zbekiston va Eron savdo-sanoat palatalari tomonidan tashkil etilgan Qo‘shma savdo qo‘mitasi birinchi yig‘ilishini yaqin istiqbolda o‘tkazishdan manfaatdorlik bildirildi. Yangi tuzilma o‘zaro savdo-sotiqni faollashtirishda muhim ahamiyat kasb etishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
20:49 / 15.05.2025