Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Qaytib uyimga bora olarmikinman, degan xayol bo‘ladi” – buyrak dardi bilan og‘rigan bemor xalqimizdan yordam so‘raydi
Bemor Lutfullo Latipov Toshkent viloyati, Bekobod tumanida yashaydi. U 2018 yildan beri buyrak yetishmovchiligi bilan og‘riydi va juda murakkab muolajalarni uzluksiz olishga majbur.
Lutfullo Latipovning aytishicha, o‘tgan 3 yil uning hayotidagi eng qiyin davr bo‘ldi. Bu dard bemor ahvolini tobora og‘irlashtirmoqda.
“Dializga qatnayman. Boshida haftasiga bir marta borar edim. Hozir haftada 3 marta bu muolajani qabul qilyapman. Shifokorlar buyrak ko‘chirish bo‘yicha operatsiya qilish kerakligini aytishdi. Lekin moddiy ahvolim yomonligi tufayli operatsiya to‘xtab turibdi”, – deydi u biz bilan suhbatda.
Ma'lum bo‘lishicha, Lutfullo Latipov qishloqdagi fermer xo‘jaligida ishlaydi. Bor daromadi dehqonchilikdan. Uning yuragini ezayotgan eng yomon o‘y farzandlari otasiz qolishi haqidagi o‘ylardir.
“Agar iloji bo‘lsa, xalqimizdan operatsiya uchun moddiy yordam berishlarini so‘rayman. Jarrohlik amaliyotiga 80 million so‘m zarur ekan. Qarindosh-urug‘lar ham yordam berishyapti, anchasini to‘plab qo‘ydik, ammo oxiriga yetkaza olmayapmiz. 3 nafar farzandim bor. Ularning otasiz qolishlarini ko‘z oldimga keltira olmayman. Bu juda og‘ir kasallik. Uni boshidan o‘tkazgan biladi.
Dializda uch soat yotishning o‘zi bo‘lmaydi. Bu vaqt davomida odam har xil holatga tushadi. Qon bosimi goh pasayib, gohida ko‘tarilib ketadi. Ba'zida behush bo‘lib qolaman. Shu 3 soat ichida qaytib uyimga bora olarmikinman degan xayol bo‘ladi”, – deydi bemor.
Lutfullo Latipovga tegishli ma'lumotlar:
- Uzcard: 8600 0417 7085 4702 (Lutfullo Latipov nomida)
- Viza: 4187 8000 0053 6698
- Sberbank: 4279 3806 7068 2691 (Orifxon G‘anixonov nomida)
- Telefon: +(94) 923 24 06
Islombek Umaraliyev, tasvirchi Muhiddin Qurbonov.
Mavzuga oid
20:18 / 08.05.2025
Bill Geyts 20 yil ichida deyarli barcha boyligini xayriyaga yo‘naltirishiga va’da berdi
15:18 / 06.03.2025
“Ezgu Amal” jamg‘armasi yangilangan nizomini e’lon qildi
15:30 / 03.02.2025
O‘zbekistonda “Ona uyi” xayriya loyihasi taqdimoti o‘tkazildi
13:54 / 31.01.2025
