Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada Rossiya elchisining o‘ldirilishiga aloqador kishilarga sud hukmi chiqarildi
Anqaraning o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha sudi 2016 yil dekabrda Rossiya elchisi Andrey Karlovning o‘ldirilishi ishi bo‘yicha ayblanuvchilarga jazo hukmini chiqardi. Unga ko‘ra, 2 nafar ayblanuvchi 2ta umrbod qamoq jazosi, 3 nafari bittadan umrbod qamoq jazosi oldi.
Umuman olganda ushbu ish bo‘yicha 28 kishiga, jumladan turk muxolifi Fathulla Gulenga ayblov qo‘yilgan. Gulen hozirda qidiruvga berilgan. Sud davomida yana 8 kishi 5 yildan 15 yilgacha qamoq jazosi olgan, 6 kishi oqlangan. Ushbu qotillik bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan yana 9 kishi ishi prokuratura talabi bilan alohida ko‘rib chiqiladi.
Ayblov hukmida rossiyalik diplomatga suiqasd Gulenning FETO tashkiloti tomonidan tashkillashtirilgani aytilgan. Ayblanuvchilar konstitutsiyaviy tuzumni izdan chiqarish, terrorchi tashkilotga aloqadorlik va terror maqsadida qotillikni rejalashtirishda ayblangan.
Hukm chiqarilishidan oldin barcha sudlanuvchilarga so‘nggi so‘z imkoni berilgan, lekin ulardan birortasi o‘z aybini tan olmagan.
Sudlanuvchilar orasida Turkiyaning axborot texnologiyalari va aloqa boshqarmasining sobiq xodimlari Husayn Katyuja va Shaxin Sogut, turk politsiyasining sobiq xodimlari Ahmet Qilicharslon va Milliy razvedka tashkilotining Rossiya bilan ishlash bo‘limi sobiq rahbari Vahbi Kurshod Akalin bor. Tergov versiyasiga ko‘ra, Sogut Karlovning qotili Mavlut Oltintoshning kuratori bo‘lgan. Unga 2ta umrbod qamoq jazosi tayinlangan. Shuningdek, sudlanuvchilardan Solih Yilmaz ham xuddi shunday jazoga tortilgan. Sud uni Oltintoshga Rossiya elchisini o‘ldirishga buyruq berishda aybdor deb topgan.
Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov 2016 yil 19 dekabrda Anqaradagi zamonaviy san'at markazida o‘tgan “Rossiya sayohatchi ko‘zi bilan: Kaliningraddan Kamchatkagacha” deb nomlangan fotoko‘rgazma ochilishi marosimida o‘ldirilgan. Qotil elchi nutq so‘zlayotganda uning ortidan uch marta o‘q uzgan. U voqea joyida otib tashlangan.
Rossiya hukumati elchining o‘ldirilishini terakt deb baholagan.
Mavzuga oid
21:17 / 24.05.2025
“Mudofaamizga yana tahdid yuzaga kelsa, jim o‘tirmaymiz” – Pokiston elchisi bilan suhbat
16:03 / 17.05.2025
O‘zbekiston elchisi Norvegiya qiroliga ishonch yorlig‘ini topshirdi
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025