Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda sayyohlar uchun "salomatlik pasportlari" joriy etildi
Sertifikat nuklein kislotasi va IgG antitanasiga olingan test natijalarini hamda koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi.
WeChat messenjeri sayyohlar uchun xalqaro salomatlik sertifikatining xitoycha versiyasiga ega mini-dasturni ishga tushirdi.
"Kelgusida sayyohlar uchun xalqaro salomatlik sertifikatining xitoycha versiyasi turli mamlakatlardagi odamlarning sog‘lom, xavfsiz va tartibli muloqot qilishlariga yordam beradi hamda dunyo bo‘ylab sayohat qilayotgan xitoylik fuqarolar uchun ishonchli kafolatga aylanadi", - deyiladi WeChat xabarida.
Sertifikat nuklein kislotasi va IgG antitanasiga olingan test natijalarini hamda koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi. Xorijdagi har qanday muassasa QR-kod orqali undagi ma'lumotni olishi mumkin.
Xitoyda bunga o‘xshash texnologiyalar avval ham qo‘llangandi. O‘tgan yili koronavirus tarqalishini jilovlash maqsadida "salomatlik kodlari" paydo bo‘lgan. Elektron hamyon yoki ilovada saqlanadigan QR-koddan ishga borish, jamoat joylari yoki transportda yurish uchun ruxsat olishda foydalanilgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025