BioNTech va Pfizer 2022 yilda koronavirusga qarshi 3 milliard doza vaksina ishlab chiqarmoqchi
Germaniyaning BioNTech kompaniyasi AQShning Pfizer kompaniyasi bilan birga 2022 yilda koronavirusga qarshi 3 mlrd doza vaksina ishlab chiqarish uchun o‘z quvvatlarini oshirmoqchi. Bu haqda BioNTech bosh direktori Ugur Shaxin ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, ishlab chiqariladigan vaksinalar miqdori talab va qo‘shimcha emlash kampaniyalarini o‘tkazish zaruratidan kelib chiqadi. Shaxinning aytishicha, BioNTech va Pfizer umumiy hisobda 1,3 mlrd doza vaksina yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlar tuzgan.
Bloomberg axborot agentligining xabar berishicha, Pfizer 2021 yilda vaksina sotishdan 15 mlrd dollar tushum olishni kutmoqda.
Shaxinning ma'lum qilishicha, BioNTech koronavirusning bardoshliroq yangi turlariga qarshi vaksinaning uchinchi dozasi bilan emlash ta'sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot olib bormoqda. Uning aytishicha, kompaniya bunday emlash uchun qo‘shimcha dozalar yetkazish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Shuningdek, vaksinaning koronavirusning afrikacha mutatsiyasiga qarshi samaradorligini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot natijalari 6-8 hafta ichida paydo bo‘ladi.
1 fevralda BioNTech 2020 yilda koronavirusga qarshi 2 mlrd doza vaksina ishlab chiqarmoqchiligini ma'lum qilgan. Kompaniya buning uchun ishlab chiqarish hajmini 50 foizdan ko‘proqqa oshiradi.
Mavzuga oid
17:48 / 01.11.2024
Dunyodagi eng halokatli infeksiya nomi ma’lum bo‘ldi
20:25 / 23.10.2024
Britaniyada norovirusga qarshi dunyodagi birinchi vaksinani sinovdan o‘tkazish boshlandi
21:15 / 13.09.2024
JSST maymunchechakka qarshi birinchi vaksinani tasdiqladi
00:00 / 06.09.2024