«Hech qanday rasmiy qaror e'lon qilinmagan» - Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Haj mavsumi bilan bog‘liq xabarlarga munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda 2021 yilgi Haj mavsumining tashkil etilishi bilan bog‘liq turli xabarlar tarqalmoqda. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mazkur masala yuzasidan bayonot berdi.
Qayd etilishicha, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Saudiya Arabistoni rasmiylari hamda Haj va Umra ishlari bo‘yicha attashe bilan mazkur masalada muntazam aloqa o‘rnatgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda “Muqaddas Haj safariga rasman ruxsat berildi. Faqatgina haj safariga bormoqchi bo‘lganlar koronavirusga vaksina qabul qilgan bo‘lishlari shart” va boshqa shu kabi sarlavhalar ostida tarqatilayotgan xabarlar hech qanday rasmiy asosga ega emasligi aytiladi.
Bildirilishicha, bu kabi xabarlar tarqalishi va turlicha talqin qilinishi Saudiya Arabistoni sog‘liqni saqlash vazirining “Haj mavsumi ziyoratchilarini qabul qilishning asosiy sharti – COVID-19'ga qarshi emlangani bo‘ladi”, mazmunidagi intervyusiga asoslangan.
Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan hozirga qadar hech qanday rasmiy qaror e'lon qilinmagani qayd etildi.
“Hurmatli yurtdoshlar! Haj va umra ziyoratlari bilan bog‘liq asosli ma'lumotlar Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali e'lon qilinadi. Shu o‘rinda, yurtdoshlarimizdan yuqoridagi kabi asossiz va chalg‘ituvchi xabarlarga ishonmasliklarini so‘rab qolamiz”, deyiladi ma'lumotda.
Avvalroq, Saudiya Arabistoni joriy yildagi haj ziyoratining asosiy shartini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:10 / 12.11.2024
O‘zbekistonga Saudiya kompaniyalarining qariyb 2,5 mlrd dollarlik investitsiyalari jalb etiladi
19:01 / 11.11.2024
O‘zbekiston va Saudiya bosh prokurorlari tergov va axborot almashinuvida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzoladi
09:25 / 11.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi
18:01 / 10.11.2024