Jizzaxda yuz bergan YTH oqibatida 3 kishi vafot etdi
Jizzax viloyati Forish tumani “Uchma” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tgan “Jizzax - Forish - Qizilcha” 4R-36 yo‘lining 85-kilometrida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.

Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabariga ko‘ra, Navoiy viloyati Nurota tumani “Sintop” qishloq fuqarolar yig‘inida yashagan J.S. boshqaruvidagi “Cobalt” va Forish tumani “Qo‘lba” qishloq fuqarolar yig‘inida yashagan B.T. boshqaruvidagi “GAZ-31” bilan to‘qnashgan.
Ko‘ngilsiz hodisa oqibatida “Cobalt”da yong‘in kelib chiqqan va ushbu avtomashina haydovchisi J.S. hamda uning yo‘lovchisi X.G. kuyish jarohatidan vafot etgan. “GAZ-31” haydovchisi B.T. tuman tibbiyot birlashmasida ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan hayotdan ko‘z yumgan, mazkur avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi I.E. esa bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, chap boldir suyagi yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaning travmatologiya bo‘limiga yotqizildi.
Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

08:35 / 08.05.2025
Forishda kichik quvvatli AESni joylashtirish sxemasi tasdiqlandi

16:06 / 11.12.2024
Forishda 64 yoshli erkak o‘qituvchi voyaga yetmagan o‘quvchi qizga shilqimlik qildi

16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi

15:50 / 27.07.2024