Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentinaliklar Maradona o‘limi tafsilotlari tergov qilinishini talab qilishmoqda
10 mart kuni Argentina poytaxti Buenos-Ayresda 2020 yil 25 noyabrda 60 yoshida vafot etgan afsonaviy futbolchi Diyego Maradonaga bag‘ishlangan namoyish bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilar sobiq futbolchining o‘limi tafsilotlarini tergov qilishni talab qilishdi.
Namoyish “U o‘zi o‘lmadi, uni o‘ldirishdi” shiori ostida o‘tgan. Ishtirokchilar Maradona o‘limi tafsilotlari tergov qilinishini va aybdorlar jazolanishini talab qilishgan.
Argentinaning Clarin portali xabar berishicha, politsiya namoyish borishini nazorat qilib turgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Maradonaning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan. Biroq politsiya uni davolagan shifokor Leopoldo Luke hamda uning o‘limi kuni uyida navbatchilik qilgan hamshirani loqaydlikda gumon qilgan.
Toksikologik ekspertiza Maradona organizmida spirtli ichimlik yoki giyohvand modda izlarini aniqlamagan. Kriminalistlar ham sportchining qoni va siydigini tahlil qilishganda unda faqatgina psixotrop vositalar borligini aniqlashgan.
Mavzuga oid
22:11 / 11.03.2025
Diyego Maradonani davolagan shifokorlar sudlanadi
21:12 / 06.01.2024
Italiya sudi Maradonadan soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik ayblovini olib tashladi
01:43 / 30.12.2022
«Alvido, Qirol». Pele merosi haqida
22:03 / 14.10.2022