Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2020 yilda Rossiyadan qurol sotib olishga 55 mlrd dollarlik buyurtma berilgani ma'lum qilindi
Rossiyadan qurol sotib olish bo‘yicha shartnomalar Qozog‘iston, Belarus, O‘zbekiston va MDHning boshqa mamlakatlari bilan tuzilgan.
2020 yilda Rossiyada ishlab chiqarilgan qurollar va harbiy texnikaga xorijiy buyurtmalar hajmi 55 mlrd dollarga (46 mlrd yevro) yetdi. Bu haqda Rossiya harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha federal xizmat direktori Dmitriy Shugayev ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiyaga qaramasdan "yil muvaffaqiyatli" bo‘lgan.
"Buyurtmalar portfeli 50-55 mlrd dollar darajasida saqlanib qoldi, bu juda yaxshi natija", - dedi u.
Aviatexnika olgan Qozog‘iston, radiolokatsion stansiyalar sotib olgan Belarus hamda O‘zbekiston va MDHning boshqa mamlakatlari bilan tuzilgan shartnomalar bajarilgan.
"Rostex" korporatsiyasi rahbari Sergey Chemezovning ma'lumot berishicha, 2018 va 2019 yilda Rossiya qurollariga berilgan buyurtmalar hajmi mos ravishda 55 va 51,1 mlrd dollarga teng bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025