Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Alloh siz uchun jannatda bir uy bino qiladi» – Ittifoq masjidi qurilishiga hissa qo‘shing
Allohning yer yuzidagi uyi hisoblangan masjidlar qurilishi bilan tanishish maqsadida bu safar Toshkent viloyatining Bekobod tumaniga tashrif buyurdik.
Bekobod tumani Bunyodkor mahallasida joylashgan «Ittifoq» jome masjidining hozirgi binosi ancha eskirib, mahalliy jamoatni ham sig‘dirolmay qolgandi. 750 namozxonga mo‘ljallab barpo etilayotgan yangi masjid Bunyodkor mahallasi va yaqin atrofdagi 5 mingga yaqin aholiga xizmat xizmat qiladi.


Masjid imom-xatibi Islom Normurodovning aytishicha, xalqning ko‘magi bilan masjidning devorlari ko‘tarilib shu holga keltirilgan.

“Ayni vaqtda masjidni gumbaz qismi uchun sement mahsulotlari, burchaklar (ugolok – qurilish materiali) hamda yetishmay turibdi. Shuningdek, masjidga qurilishida ishlagan ustalarning ish haqilardan ham qarzdorlik mavjud.
Payg‘ambarimiz alayhissalomning hadislarida «Kim Alloh uchun bir masjid qursa, Alloh uning uchun jannatda bir uy bino qiladi», - deya marhamat qiladi. Biz ham yurtdoshlarimizni mana shunday savobli ishga chaqirib qolamiz,” – deydi masjid imom-xatibi Islom Normurodov.


Aziz yurtdoshlar! Bugun qilgan har bir savob amalimiz oxiratimizga zamindir. Siz azizlarni ham ushbu xayrli ishlarga chorlab qolamiz. Alloh taolo qilgan ehsonlaringizning savoblarini ko‘paytirib bersin.
Xayrli ishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lganlar uchun:
Masjid imom-xatibi Islom Normurodov nomiga ochilgan kartalar
Uzcard: 8600 0609 4930 6253
Humo: 9860 0101 3145 7565
Visa: 4790 9122 1066 8093
Sberbank: 4276 3801 1501 6516 (Baxtiyor Burgutov Abdurashidovich nomida)
Xalq bankida Ittifoq jome masjidi uchun ochilgan hisob raqam: 20212000704032041002
IIN: 203137540 MFO: 00787
Murojaat uchun masjid imom-xatibi va mas'ullarning telefon raqamlari:
+99894 587 07-86, +99890 372 15-66.
Farrux Absattarov
Tasvirchi va montaj ustasi:
Abdusalim Abduvohidov
Mavzuga oid
20:18 / 08.05.2025
Bill Geyts 20 yil ichida deyarli barcha boyligini xayriyaga yo‘naltirishiga va’da berdi
15:18 / 06.03.2025
“Ezgu Amal” jamg‘armasi yangilangan nizomini e’lon qildi
15:30 / 03.02.2025
O‘zbekistonda “Ona uyi” xayriya loyihasi taqdimoti o‘tkazildi
13:54 / 31.01.2025