Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden AQSh iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 1,9 trillion dollarlik yordam paketini imzoladi
AQSh prezidenti Jo Bayden pandemiya sharoitida iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan 1,9 trln dollarlik choralar paketini tasdiqladi. Yordam paketi emlash dasturini kengaytirish, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, ishsizlik bo‘yicha haftasiga 300 dollarlik qo‘shimcha pul berishga sarflanadi.
Bir kun avval ushbu hujjatni AQSh kongressi vakillar palatasi qo‘llab-quvvatlagandi. Unga 220 kongressmen ovoz bergan, 211 nafari qarshi chiqqan. Respublikachilardan birortasi demokratlar taklif qilgan ushbu yordamni qo‘llab-quvvatlamagan.
Deyarli 2 trln dollarlik yordam paketi emlash bo‘yicha milliy dasturni yanada kengaytirish, maktablarning xavfsiz ochilishi, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, ishsizlik bo‘yicha haftasiga 300 dollarlik qo‘shimcha pul va 3,6 ming dollarlik bolalar puli berishga sarflanadi. CNN telekanalining hisob-kitobiga ko‘ra, natijada amerikalik oilalarning 90 foizga yaqini u yoki bu tarzda yordam oladi.
Respublikachilar yordam paketi qiymatining 1,9 trln dollardan 600 mlrd dollargacha tushirilishini so‘rashgandi. Ularning fikricha, Bayden rejasiga ko‘ra, ajratiladigan pullarning katta qismi iqtisodiyotning pandemiyadan keyin tiklanishi bilan umuman bog‘lanmagan muammolarni hal qilish uchun sarflanadi.
Bayden o‘zining “Amerikacha qutqaruv rejasi” deb nomlangan ushbu rejasini 2021 yil 20 yanvardagi inauguratsiyasi vaqtida e'lon qilgandi. Ba'zi iqtisodchilarning fikricha, ushbu choralar juda katta ko‘lamli bo‘lib, iqtisodiyotning “haddan ziyod zo‘riqishiga” olib keladi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025