Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada Bashar Asadning rafiqasiga nisbatan dastlabki tergov olib borilmoqda
Britaniya politsiyasi Suriya prezidenti Bashar Asadning rafiqasi Asma Asadga nisbatan sudgacha tergov harakatlarini boshladi. Asma Asad Suriyadagi fuqarolik urushi vaqtida terrorchilik harakatlariga undashda va hukumat qo‘shinlarini ochiqcha qo‘llab-quvvatlashda ayblanmoqda.
“Harbiy jinoyatlar bo‘yicha bo‘linma 2020 yil 31 iyulda Suriyadagi ixtilof yuzasidan murojaat olgan. Murojaat bo‘linma xodimlari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda”, deb ma'lum qilingan politsiyada.
Sunday Times nashrining xabar qilishicha, tergov Guernica 37 xalqaro huquqiy palatasi bayonoti asosida boshlangan. Unda Asma Asad Suriyadagi fuqarolik urushi vaqtida mamlakat qurolli kuchlarini ochiqcha qo‘llab-quvvatlaganining isbotlari to‘plangan.
Nashrning ta'kidlashicha, Suriya birinchi xonimining britan sudida paydo bo‘lishi va prokuraturaning sirtdan sud tergovini davom ettirishi ehtimoli kam. Biroq nashr shu bilan birga, Asma Asad bo‘yicha Interpol tomonidan “qizil xabarnoma” berilishi mumkinligiga yo‘l qo‘ymoqda. Bu esa Asad xonimning Suriyadan tashqariga chiqa olmasligini, aks holda u ushlanishi mumkinligini anglatadi. Bundan tashqari, Britaniya hukumati uni fuqarolikdan mahrum etishi mumkin.
45 yoshli Asma Asad Suriyada tug‘ilgan va Britaniyada ta'lim olgan. U Deutsche Bank va JPMorgan banklarida faoliyat yuritgan va Suriya hamda Britaniya pasportlariga ega. 2000 yilda u Suriyaga qaytib, Bashar Asadga turmushga chiqqan.
Asma Asad 2012 yildan beri Yevropa ittifoqi sanksiyalari ostida qolmoqda. 2017 yilda Britaniya parlamenti a'zolari Asad xonimni Britaniya fuqaroligidan mahrum etishni talab qilgan. 2020 yilda AQSh Bashar Asad va Asma Asadga qarshi navbatdagi sanksiyalarni kiritgandi.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025