Jamiyat | 13:23 / 15.03.2021
12195
1 daqiqa o‘qiladi

Koloniya boshlig‘i o‘rinbosariga pora taklif qilgan mahkumga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV 27-sonli koloniyasida oldin jinoyat sodir etib jazo muddatini o‘tayotgan mahkum R.Q. koloniya boshlig‘ining o‘rinbosari, mayor K.Bekmuratovga shartnoma obektlariga ishga jalb qilmaslik evaziga 200 000 so‘m pullarni pora tariqasida taklif qilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, holat yuzasidan koloniya boshlig‘ining o‘rinbosari mayor K.Bekmuratov Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV rahbariyatiga bildirgi bilan murojaat qilgan.

Mazkur bildirgiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha bo‘limi va Qo‘ng‘irot tumani prokuraturasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida mahkum R.Q. koloniya boshlig‘ining o‘rinbosari, mayor K.Bekmuratovning xizmat xonasida 200 000 so‘m pullarni pora tariqasida bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuraturaning Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi Qo‘ng‘irot tumani bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid