«Monopol tashkilotlarga nisbatan vakolatimiz yo‘q». Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi to‘sqinliklar ma'lum qilindi
O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining O‘zbekistondagi monopol tashkilotlar tomonidan iste'molchilar huquqlarini poymol qilinayotganini aniqlash borasida, iste'molchilar huquqlarini ta'minlashni nazorat qilish borasida vakolatlarga ega emas. Federatsiya raisi Jahongir Sarimsoqov Milliy matbuot markazida tashkil etilgan matbuot anjumanida shu haqda ma'lum qildi.
«Qonun ma'nan eskirgan (“Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun nazarda tutilmoqda – tahr). 1996 yilda qabul qilingan. Biroq, bizning NNT sifatida qonunchilik tashabbuskorligi vakolatimiz yo‘q. “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonun ham qabul qilingan. Boshqa davlatlarda deyarli bu qonun muqobili yo‘q. Bu qonunda, faqat davlat idoralari va ularning mansabdor shaxslari ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish belgilangan.
Lekin, eng og‘riqli muammolarimiz bor. Monopol kompaniyalarimizdan “Uzbekistan airways”, “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyalari bu qonunda obekt sifatida ko‘rsatilmagan. Temir yo‘llar yoki havo yo‘llari sohalarida, ichki aviaqatnovlar borasida muammolar yo‘qmi? Minglab muammolarni sanasa bo‘ladi», - dedi O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov.
U, shuningdek, «Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasi muhokamaga qo‘yilganini bildirar ekan, jamoatchilikdan faol bo‘lib, o‘z fikrlarini bildirishlarini so‘radi.
Mavzuga oid
17:18 / 14.11.2024
Elektromobil bozorini qisish uchun oxirgi bir yilda nimalar qilindi?
20:33 / 13.11.2024
«O‘zbekiston temiryo‘llari» 1 dekabrdan yuk tashish tariflarining vagon qismini 30 foizga oshiradi
08:08 / 07.11.2024
Monopoliyaga qarshi organ roziligisiz davlat ishtirokidagi korxona tashkil etilgan 4 ta holat aniqlandi
14:06 / 26.10.2024