«O‘rikzor» bozoridagi o‘zaro janjal oqibatida bir kishi jarohat oldi
2021 yilning 11 mart kuni soat 15:00larda 19 yoshli Shahzod Q. Toshkent shahri, Uchtepa tumani “O‘rikzor” MFYda joylashgan “O‘rikzor” bozori hududidan o‘tib ketayotib, u yerda eski tanishi 23 yoshli Kamol D.ni ko‘rib qolgan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, Shahzod Q. Kamol D. bilan bog‘liq eski kelishmovchiliklarni eslab, jamoat joyida bo‘la turib, uni turli uyatli so‘zlar bilan haqorat qilgan va qo‘lidagi temir bo‘lagi bilan boshi va tanasining turli joylariga urib jarohat yetkazgan. Natijada, Kamol D. bosh miya ochiq jarohati olgan.
Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Shahzod Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov davom etmoqda, deyiladi ma'lumotda.
Jinoyat kodeksi normalariga ko‘ra, bu turdagi jinoyatlar uchun 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.
Mavzuga oid
17:13 / 01.11.2024
Prezident bozorlarda narxlarni barqarorlashtirish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rishni buyurdi
08:00 / 07.10.2024
Toshkentdagi Ibn Sino bozori binosi sotuvga qo‘yildi
21:51 / 14.09.2024
Toshkentda yosh ishchini kaltaklagan do‘kon xodimiga ma’muriy ish qo‘zg‘atildi
19:06 / 14.09.2024