Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Tolibon” AQShning tinchlik rejasini rad etdi
“Tolibon” vakilining so‘zlariga ko‘ra, Amerika tomoni aytayotgan barcha tomonlar ishtirokida vaqtinchalik hukumatni shakllantirish "Afg‘oniston oldida turgan muammolarni hal qilish imkonini bermaydi".
"Tolibon" harakati Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha AQSh taklif qilgan yangi rejani rad etdi. Bu haqda toliblar vakili Naim Vardakka asoslanib Bakhtar agentligi xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika tomoni aytayotgan barcha tomonlar ishtirokida vaqtinchalik hukumatni shakllantirish "Afg‘oniston oldida turgan muammolarni hal qilish imkonini bermaydi". Avvalroq Vashingtonning bu rejasini Afg‘oniston hukumati ham rad etgandi, deb yozadi Bakhtar.
"O‘tish hukumati g‘oyasini amalga oshirib bo‘lmaydi. Afg‘onistonda oxirgi 40 yil davomida yuz bergan voqealar va urushlar bu g‘oyaning hayotiy emasligini tasdiqlaydi. O‘tish hukumatlari Amerika okkupatsiyasidan keyin tuzilgan, lekin birortasi ham mamlakatdagi muammolarni hal qilgani yo‘q", dedi Vardak.
"Tolibon" o‘tgan yili AQSh bilan tuzilgan kelishuvga muvofiq Afg‘onistondan xorij qo‘shinlari olib chiqib ketilishini talab qilmoqda.
Avvalroq Pentagon Afg‘onistondan xorij qo‘shinlarining olib chiqib ketilishini xavfli deb hisoblayotgani aytilgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025