Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda tub aholi vakili birinchi marta hukumat a'zosiga aylandi
AQSh kongressi senati tub aholi vakilasi Deb Xolanni AQSh ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinladi. Xolann AQSh vazirlar mahkamasidagi lavozimga tayinlangan Amerika tub aholisining birinchi vakili bo‘ldi.
Xolanning ushbu lavozimga tayinlanishi uchun 51 senator ovoz bergan, 40 nafari qarshi chiqqan.
“Xolann nomzodining tasdiqlanishi ushbu davlatning butun boyligi va turfaxilligini taqdim etuvchi hukumatni shakllantirishda ulkan qadam hisoblanadi, chunki tub amerikaliklar vazirlar mahkamasi darajasida va ko‘plab boshqa joylarda uzoq vaqt davomida inkor etib kelingan”, deb aytgan senatdagi ko‘pchilik yetakchisi Chak Shumer ovoz berish oldidan.
Deb Xolann Nyu-Meksiko shtatidagi rezervatsiyada yashovchi pueblo xalqi vakilasi hisoblanadi. AQSh ichki ishlar vazirligi vazifalariga AQSh hukumatining tub xalqlar bilan munosabatlari, federal va qabilalar bo‘ysunuvidagi yerlarda siyosatni ishlab chiqish kiradi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025