Sport | 15:15 / 16.03.2021
8297
2 daqiqa o‘qiladi

«Metallurg» bosh murabbiyi iste'foga chiqdi. Klubga yangi bosh murabbiy tayinlandi

«Metallurg» bosh murabbiyi Andrey Shipilov «Surxon» jamoasi bilan uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan keyin o‘z xohishiga ko‘ra klubni tark etishga qaror qildi, deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.

Jasur Abduraimov

«Klub rahbariyati «Metallurg» jamoasida 2018-2021 yillar davomida faoliyat yuritgan mutaxassisning qarorini qabul qildi va uning iste'fosini rasman e'lon qildi. «Metallurg» PFK jamoasi Andrey Sergeyevichga Bekoboddagi samarali faoliyati uchun minnatdorlik bildiradi», - deyiladi xabarda.

Andrey Shipilov

Uning o‘rniga taniqli mutaxassis Jasur Abduraimov «Metallurg» bosh murabbiyi etib tayinlangan. 

«Bugun «Metallurg» PFK rahbariyati Jasur Abduraimovni jamoa a'zolariga rasman bosh murabbiy sifatida tanishtirdi va Jasur Birodorovichning kelgusi faoliyatiga omad tiladi», - deyiladi klub xabarida.

Jasur Abduraimov keyingi turdan boshlab klub bosh murabbiyi sifatida jamoani maydonga olib tushadi. U bungacha «Paxtakor» klubi murabbiylar shtabida faoliyat yuritayotgandi.

Avvalroq, Tribuna.uz «Metallurg» bosh murabbiyi Andrey Shipilov iste'foga chiqqani va uning o‘rniga bugungi «Bunyodkor»ga qarshi uchrashuvda futbolchilarni jamoaning yordamchi murabbiyi Fevzi Davletov maydonga boshlab tushishi haqida xabar bergandi. 

Eslatib o‘tamiz, Superliga 1-turidan keyin «Metallurg»dan tashqari, «Navbahor» klubi ham bosh murabbiy No‘'mon Hasanovni iste'foga chiqargandi. Uning o‘rniga Viktor Jalilov Namangan klubi bosh murabbiyiga aylangandi.

Усмон Ибодов
Tayyorlagan Усмон Ибодов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid