Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO bosh kotibi Rossiya, terrorizm, Xitoyning ko‘tarilishi va iqlim o‘zgarishini asosiy tahdidlar deb atadi
Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy va Rossiya birgalikda ishlamoqda, xususan, harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.
Rossiya, terrorizm, Xitoyning ko‘tarilishi va iqlim o‘zgarishi NATO uchun asosiy tahdidlar hisoblanadi. NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg tashkilotning 2020 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni e'lon qilish chog‘ida ana shunday dedi.
"Rossiyaning beqarorlashtiruvchi harakati, terrorizm, kiberhujumlar, texnologiyalar, Xitoyning ko‘tarilishi va iqlim o‘zgarishlari – oldimizdagi tahdidlar. Hech qaysi mamlakat va hech qaysi qit'a yolg‘iz o‘zi bas kela olmaydi. Shu sababli strategik birdamlik bilan hamkorlikda ishlashimiz kerak", - dedi u.
Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy va Rossiya birgalikda ishlamoqda, xususan, harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.
"Bularning bari NATOga nisbatan kelajakdagi tahdidlarni belgilab beradi. Shuning uchun NATO avtoritar Xitoy va tajovuzkor Rossiya tahdidlariga moslashishi muhim hisoblanadi", - deb qo‘shib qo‘ydi u.
Bosh kotibning ta'kidlashicha, Rossiyaga nisbatan yondashuv alyans sammitida taqdim etiladigan "NATO - 2030" strategiyasida batafsil bayon etilgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025