O‘zbekiston | 12:00 / 16.03.2021
5169
3 daqiqa o‘qiladi

Yangi ChoshTepa turar joy majmuasidagi xonadonlar sotuvining yangi bosqichi boshlandi

Yangi ChoshTepa turar joy majmuasida bahorgi uzoq kutilgan voqea – qurilishning yangi bosqichi sotuvlari boshlandi.

Bizning Uylar Development kompaniyasi Yangi ChoshTepa turar joy majmuasi xonadonlari sotuvlarining yangi bosqichi boshlanganligini mamnuniyat bilan e'lon qiladi. Kompaniya ko‘pchilik xaridorlarga sevimli maskanga aylangan Yangi ChoshTepa turar joy majmuasiga qo‘shni hududda yangi qurilish ishlarini boshladi. Yaqin orada bu yerda oilaviy uy-joylar qad rostlaydi. 16 martdan boshlab sotuv ofisida xaridorlar yangi uylarning turli variantda loyihalangan xonadonlari bilan yaqindan tanishishlari mumkin.

Poytaxtning osuda, ammo rivojlanib borayotgan hududida hamyonbop va sifatli uy-joylarga bo‘lgan yuqori talabni qondirish uchun qurilishning ikkinchi bosqichi boshlandi.

Yangi ChoshTepa turar joy majmuasining yangi bosqichi – bu:

  • Yangihayot tumanidagi zamonaviy oilaviy majmua;
  • 9,8 gektar maydonga ega keng yashil maydon;
  • Jamoat transporti qulayligi (jamoat transporti va metro);
  • 9 ta to‘qqiz qavatli uy-joy binolari;
  • 35 dan 74 kvadrat metr maydongacha bo‘lgan 566 ta xonadon;
  • Ergonomik loyihaga ega yashash maydoni;
  • Ta'mirlangan xonadonlar;
  • Yaxshi rivojlangan ichki infratuzilma;
  • Avtomobillarsiz xavfsiz hovlilar;
  • Ichki avtoturargoh;
  • O‘z boshqaruv kompaniyasiga ega majmuadir.

Ilg‘or texnologiyalardan foydalanish va dunyoning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlik qurilish vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi. Shu tariqa qurilish ishlari bosqichma-bosqich yakunlanadi. Qurilishning birinchi bosqichi allaqachon tugallangan. Ayni paytda Yangi ChoshTepa turar joy majmuasining birinchi bosqichida 95 foizdan ziyod uy-joy sotilgan. Bu yerda aholi o‘zlarining yangi xonadonlarida yashab majmuaning barcha afzalliklari xizmatidan to‘liq foydalanishmoqda.

Qulay shartlar bilan yangi xonadon egasi bo‘lish imkoniyatini boy bermang. Sotuvlarning dastlabki bosqichida xaridorlarga qulay va foydali shartlar taklif etiladi.

Yangi ChoshTepa turar joy majmuasi bilan orzularingiz ro‘yobiga yanada yaqin bo‘lasiz.

Sotuv ofisi soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Qo‘shimcha ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamidan olishingiz mumkin: +99871-210-44-44

Manzil: Toshkent shahri, Yangihayot tumani, «Yangi Choshtepa» MFY, Uzar ko‘chasi.

Sayt: bizninguylar.uz

Instagram: @bizninguylar

Telegram: t.me/bizninguylar

Facebook: fb.com/bizninguylar

 Reklama huquqi asosida

Жамшид Рузибаев
Tayyorlagan Жамшид Рузибаев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid